O‘zbekcha
Koruma TarimYangiMavjud

Veftnor ®

Umumiy tavsifi:

Shira, trips, kolorado qo'ng'izi va boshqa zararkunandalardan uzoq muddatli va ishonchli himoya!

So’ruvchi kemiruvchi zararkunandalarga qarshi xlornikotinillar sinfiga mansub sistemali ta’sir etuvchi insektitsid.

Ta'sir etuvchi moddasi: Imidakloprid 35% (350gr/L).

Preparat shakli: Suspensiya konsentrati.

Xavflilik darajasi: III –sinfiga oid (o'rtacha xavfli birikma).

Qadog'i: 200ml

Kategoriya
O'simliklarni himoya qilish vositalari
Turi
Insektitsid
Ishlab chiqaruvchi
Koruma Tarim
Ekinlar
Pomidor, Bodring, Baqlajon, Kartoshka, Piyoz, Lavlagi, Uzum, Olma, Shaftoli, Bug‘doy, Paxta
Yetishtirish
Issiqxona
Shtrix-kod
2900100027502
76 000 so‘m
AI’dan so‘rash

Yetkazib berish

  • Tezkor kuryer (Toshkent) · faqat Toshkent shahribugun · 35 000 so‘m
  • BTS — eshikkacha1–3 kun · 28 000 so‘m
  • EMU kuryer1–2 kun · 34 000 so‘m
  • Ombordan olib ketishkelishiladi · bepul

Tavsif

Umumiy tavsifi:

Shira, trips, kolorado qo'ng'izi va boshqa zararkunandalardan uzoq muddatli va ishonchli himoya!

So’ruvchi kemiruvchi zararkunandalarga qarshi xlornikotinillar sinfiga mansub sistemali ta’sir etuvchi insektitsid.

Ta'sir etuvchi moddasi: Imidakloprid 35% (350gr/L).

Preparat shakli: Suspensiya konsentrati.

Xavflilik darajasi: III –sinfiga oid (o'rtacha xavfli birikma).

Qadog'i: 200ml

Qo'llanilishi:

Hasharotlarga yuqori samarali kontaktli va sistemali ta'sir etuvchi insektitsid. Shira, qandalalar, tut parvonasi, kolorado qo'ng'izi, trips, vizildoq qo'ng'iz, g'ovaklovchi pashsha, qalqondorlar, mevaxo'ralar, bargo'rar qurtlar, tunlamlar, chigirtkasimonlar, simqurtlarga qarshi samarali kurashadi.

Afzalliklari:

  • Uzoq muddat davomida o'z ta'sir kuchini saqlab qoladi (20 kungacha).
  • Havo harorati yuqori daraja bo'lganda ham zararkunandalarga qarshi ta'sirini davomiyligi kamaymaydi.
  • Yomg'ir yoqqanda ham yuvilib ketmaydi, quyosh nuri ta'sirida kam parchalanadi.
  • Gektariga 0.2-0.4 litr hisobida qo'llaniladi.
  • Zararkunandalarga sistemali ta'sir ko'rsatadi.
  • Zararkunandalarga purkashdan tashqari tuproq orqali ildizdan yuborib zararkunandalarga qarshi ishlatish mumkin.

Qo'llash muddati:

Preparat ekinlarning faol o'suv davrida zararkunandalar rivojlanishining boshlang'ich fazasida qo'llanilsa, yuqori samara beradi. Preparatni ekin turlariga qarab 2-4 marta 15 kun oralatib qo'llash mumkin.

Ta'sir qilish mexanizmi:

Hasharotlarga bevosita va ozuqa orqali ta'sir etib halok qiladi, shu bilan birga, markaziy nerv sistemasini falaj qilib, oziqlanishdan qoldiradi va halok bo'ladi. Qo'llanilganidan keyin yo'mg'ir yoqqanda ham yuvilib ketmaydi va quyosh nuri ta'sirida kam parchalanadi. Tavsiya etilgan me'yorlarda ishlatilishi, o'simliklarga salbiy ta'sir etmaydi.

Ishchi eritmani tayyorlash tartibi:

Ish boshlandan avval bak, shlang va purkagich tozaligini, shuningdek, purkovchi uskunaning ishga tayyorligi tekshiriladi. So'ngra purkagichdan suv o'tish miqdori bir meyordaligi va bir gektarga sarflanadigan ishchi eritma miqdori me'yori aniqlanadi. Ishchi eritmani purkashda ishlov berilayotgan yuzaga ishchi suyuqlikning bir tekis taqsimlanishiga erishish lozim. Bakni yarmi suv bilan to'ldiriladi va preparatning aniq miqdori qo'shiladi. Ishchi eritma sarfi gektariga 400-500 litrga teng.

Preparat samaradorligi:

Insektitsid o'z muddatlarida sifatli qo'llanilganda, zararkunandalarning ekinlarga keltirgan zararini oldini olish hisobiga, insektitsid qo'llanilmagan maydonda nisbatan 35% gacha hosildorlik oshishi mumkin.

Xavfsizlik choralari:

Saqlash muddati: Qadoqlangan holida 2 yil.

Preparat 0°C dan yuqori va +30°C dan past bo'lgan haroratda pestitsidlarni saqlash uchun mo'ljallangan, quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Preparatni qo'llash va saqlash ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyaning nazoratidan tashqarida bo'lganligi sababli, mos bo'lmagan sharoitlarda saqlanishi va no'tog'ri qo'llashdan yuzaga keluvchi zararlarga ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya ma'sul emas.

Sarf Me'yori va qo'llash tartibi:

Ekin Turi Zararkunandalar Sarf Me'yori l/ga Qo'llash muddati Terimgacha qo'llash muddati (kun) Mavsumda necha marotaba qo'llanishi
G'o'za Shiralar, tripslar 0,3-0,4 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Yaylov Chigirtkasimonlar 0,4-0,5 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
G'o'za Qandalalar 0,3 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi

30

2
Kartoshka Kolorado qo'ng'izi 0.5 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Tut Tut parvonasi 0.3 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Bug'doy Shiralar, tripslar, shilimshiq qurt, hasva 0.4 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Tamaki Shiralar 0.15 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Piyoz Trips 0.15 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Olma Qon biti, qalqondorlar 0.5 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Pomidor, Bodring Oqqanot, Shiralar, trips 0.5 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2

O‘xshash mahsulotlar