
Mostar ®
Umumiy tavsifi:
So'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan insektitsid. O'simliklarga tizimli ta'sir etib, bargning orqa qismida joylashgan hasharotlar lichinkalariga ham ta'sir ko'rsatadi.
Tarkibi: Asetamiprid 200g/kg
Preparat shakli: Namlanuvchi kukun
Qadoq: 100gr
Afzalliklari:
G'ovaklovchi hasharotlarga qarshi yuqori samaradorlikka ega.
Uzoq muddat o'z ta'sir kuchini saqlab turadi.
Ob-havo sharoitlari preparatning samarasiga ta'sir qilmaydi.
Kam sarf me'yorida qo'llaniladi.
Qo'llanilgandan 1 soatdan boshlab yaqqol samara sezila boshlaydi.
- Kategoriya
- O'simliklarni himoya qilish vositalari
- Turi
- Insektitsid
- Ekinlar
- Pomidor, Bodring, Baqlajon, Kartoshka, Lavlagi, Tarvuz, Olma, Shaftoli, Bug‘doy, Paxta
- Yetishtirish
- Issiqxona
- Shtrix-kod
- 2900100027489
Yetkazib berish
- Tezkor kuryer (Toshkent) · faqat Toshkent shahribugun · 35 000 so‘m
- BTS — eshikkacha1–3 kun · 28 000 so‘m
- EMU kuryer1–2 kun · 34 000 so‘m
- Ombordan olib ketishkelishiladi · bepul
Tavsif
Umumiy tavsifi:
So'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan insektitsid!
Shakli: suvli asosdagi Namlanuvchi kukun.
Ta’sir etuvchi moddasi: 200 g/kg Asetampirid.
Xavfsizlilik darajasi: III – sinfiga oid (0'rtacha xavfli).
Qadog'i: 100gr hajmdagi idishlarda.
Qo'llanilishi:
G'o'za va boshqa qishloq xo'jalik ekinlaridagi shira, trips va ko'sak qurtlariga, tut parvonasi, kolorado qo'ng'izi va boshqa zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan neonikotinoidlar guruhiga mansub, o'simliklarga sistemali ta'sir etish xususiyatiga egan bo'lgan insektitsid. Preparat ekinlarni faol o'suv davrida, zararkunandalarni rivojlanishini boshlang'ich davrida qo'llanilsa yuqori samara beradi. Preparatni ekin turlariga qarab 2-3 marta 10-15 kun oralatib qo'llash mumkin.
Afzalliklari:
- G'ovaklovchi hasharotlarga qarshi yuqori samaradorlikka ega.
- Uzoq muddat o'z ta'siri kuchini saqlab turadi.
- Ob-havo sharoitlari preparatning samaradorligiga ta'sir qilmaydi.
- Kam sarf me'yorlarida qo'llaniladi.
- Qo'llanilgandan 1 soatdan boshlab yaqqol samara ko'rila boshlaydi.
- Foydali hasharotlar uchun ham zararli.
Ta'sir qilish mexanizmi:
O’simliklarga sistemali ta’sir etish xususiyatiga ega bo’lib, bargning orqa qismiga joylashgan g’ovaklovchi hasharotlar lichinkalariga ham faol ta’sir ko’rsatadi. Zararkunandaning turi, atrof-muhit va sar me’yorlariga bog’liq holda preparat 14-25 kungacha ta’sir kuchini saqlab qolishi mumkin. Preparatni qo’llanilgandan keyin 1 soatdan so’ng samarasini ko’rish mumkin. Preparat +18 С +28 С haroratda qo’llanilsa, yuqori samara beradi.
Boshqa preparatlar bilan qo'llanilishi:
Boshqa preparatlar bilan birgalikda qo’llash mumkin.
Ishchi eritmani tayyorlash tartibi:
Ish boshlanfan avval bak, shlang va purkagich tozaligini, shuningdek, purkovchi uskunaning ishga tayyorligi tekshiriladi. So'ngra purkagichdan suv o'tish miqdori bir meyordaligi va 1 gektarga sarflanadigan ishchi eritma miqdori me'yori aniqlanadi. Ishchi eritmani purkashda ishlov berilayotgan yuzaga ishchi suyuqlikning bir tekis taqsimlanishiga erishish lozim. Bakni yarmi suv bilan to'ldiriladi va preparatning aniq miqdori qo'shiladi. Ishchi eritma sarfi gektariga 400-500 litr ishlatiladi.
Preparat samaradorligi:
Insektitsid o'z muddatlarida sifatli qo'llanilganda, zararkunandalarning ekinlarga keltirgan zararini oldini olish hisobiga, gerbitsid qo'llanilmagan maydonda nisbatan 20-30% gacha hosil qo'shilishi mumkin.
Xavfsizlik choralari:
Saqlash muddati: Qadoqlangan holida 2 yil.
Preparat 0°C dan yuqori va +30°C dan past bo'lgan haroratda pestitsidlarni saqlash uchun mo'ljallangan, quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Preparatni qo'llash va saqlash ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyaning nazoratidan tashqarida bo'lganligi sababli, mos bo'lmagan sharoitlarda saqlanishi va no'tog'ri qo'llashdan yuzaga keluvchi zararlarga ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya ma'sul emas.
Sarf Me'yori va qo'llash tartibi:
| Ekin Turi | Zararkunandalar | Sarf Me'yori l/ga | Qo'llash muddati | Hosil yig'ishgacha qancha qolganda ishlov tugallanadi (kun) | Mavsumda necha marotaba qo'llanishi |
| Issiqxonadagi pomidor | Oqqanot, Shiralar | 0,3 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
|
Kartoshka |
Kolorado qo'ng'izi | 0,02-0,05 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| G'o'za | Shiralar | 0.15-0.2 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi |
30 |
2 |



