Agromaslahat
BOG'LARDA AGRONOM MASLAHATI
Hammaga ma’lumki, O‘zbekistonda oxirgi yillar davomida mevali bog‘lar soni va ular egallagan maydonlar ortib bormoqda. Har yil minglab gektar yangi intensiv va intensiv bo‘lmagan meva bog‘lari barpo etilyapti. Tobora ko‘proq fermerlar sifatli meva etkazib, uni nafaqat ichki bozor, balki boshqa mamlakatlarga sotish niyatida bel bog‘layapti. Bu juda quvonarli holat chunki ilgari bu juda ham muammoli edi. Har bir ishga bilim va tajriba bilan yondoshmoq lozim. Bunday yondoshuv ishning sifatini oshirib uning davomiyligini ta’minlaydi. Ayniqsa, bankdan yoki tanishlaridan katta qarz olib ishini boshlagan fermer xato qilmaslikka iloji boricha harakat qilishi lozim. Chunki, mevachilikdagi ba’zi xatolar yillab hosil olmaslikka va natijada fermerni bankrot bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunga bir misol, Parkentda 12 yildan beri hosil bermayotgan bog‘ egasi bizga murojaat qilib, bog‘ini kesib tashlamoqchiligini aytdi. Xolatni o‘rganish natijasida bog‘ tashkil qilinayotganda asosiy navga changlatuvchi nav qo‘shib ekilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, bir dona xato sababli fermer 9 yillik hosildan ayrilib, yillar davomida zarar ko‘rib kelgan. Agar bu bog‘ni barpo etishda mutaxassis jalb qilinganda edi bu kabi xolatlarni osongina bartaraf qilsa bo‘lar edi. Eng achinarlisi, O‘zbekistonda bunday bog‘lar kam emas.
Meva bog‘lariga agrotexnik dastak berish maqsadida AgroHouse firmasi qoshida Bog‘dorchilik bo‘limi ochildi.
Kompaniya mutaxassislari mana bir necha yildirki O‘zbekistonning bog‘bon fermerlariga agronomik tavsiyalarini berib kelmoqdalar.
Agrohouse Bog‘dorchilik bo‘limi fermerlarga quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
|
Tuproq taxlili. Barpo etiladigan yoki mavjud bog‘ tuprog‘ining pH va EC ko‘rsatgichlari hamda uning fizikaviy xususiyatlari mutaxassislarimiz tomonidan o‘rganiladi. Bundan tashqari zaruratga qarab uning kimyoviy taxlili ham amalga oshiriladi. Bu kabi taxlillar yordamida mutaxassislar bog‘dagi tuproq xaqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladilar. |
|
|
Nav va payvandtag tanlash. Mijozning talabi va istaklaridan kelib chiqib, shuningdek bog‘ning iqlim sharoitlarini xisobga olgan holda, daraxt turi, navi va payvandtagni tanlashda yordam beramiz. Bularni to‘g‘ri tanlash, kelajakdagi mevalarning sifatiga, erta yoki kech xosilga kirishiga, ekish sxemasiga, o‘sish kuchi va davomiyligiga, kasallik va zararkunandalar, sovuq va issiqqa, tuproq sho‘riga chidamliligiga ta’sir qiladi. |
|
|
Sug‘orish jadvali. Sug‘orishni me’yorida va vaqtida amalga oshirish daraxtlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Mutaxassislarimiz bir qancha omillarni hisobga olgan holda sug‘orish jadvalini tuzib beradilar. Jadvalda daraxtlar qaysi oyda qanchadan sug‘orilishi ko‘rsatiladi. |
|
|
O‘g‘itlash dasturi. Daraxtlar yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan makro va mikro elementlarni hisobga olgan xolda o‘g‘itlash dasturi tuziladi. Bu dastur ham daraxt turi, navi, tuproq tarkibi kabi muhim omillarga qarab o‘zgaradi. |
|
|
O‘simliklarni himoya qilish dasturi. Ma’lumki, har bir daraxt turiga oid ko‘pincha uchraydigan kasallik va zararkunandalar mavjud. Dasturda ular qachon paydo bo‘lishi va ularga qarshi samarali himoya usullari ishlab chiqiladi. Bundan tashqari kaysi pestitsid qancha me’yorda va qay tarzda daraxtga qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot beriladi. |
|
|
Mutaxassis tashrifi. Mijoz bilan kelishilgan xolda mutaxassis tashriflari rejalanadi. Bu tashriflar davomida mutaxassis bog‘ning xolatini o‘rganib, qanday muammo, kasallik yoki zararkunandalar paydo bo‘lganligi, sug‘orish va boshqa agrotexnik tadbirlar xaqida mijozga hisobot shaklida kalendar reja tayyorlab beradi. Bundan tashqari, mutaxassislarimiz xolis ekspert sifatida ham bog‘larga taklif qilinishi mumkin. |
|
|
Malaka oshirish. AgroHouse o‘z mijozlari uchun yil davomida bir necha marotaba davomiy ravishda treyning va seminarlar tashkil etib boradi. Bu seminarlarda nafaqat O‘zbekistonda ko‘zga ko‘ringan yuqori malakali, balki xalqaro miqyosda ish olib boradigan chet ellik mutaxassislar o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. |
|
|
Uzoqdan maslahat. Ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib borayotgan bir davrda, kompaniyamiz bu qulayliklardan mijozlarimizga agrotexnik yordam berishda samarali foydalanyapti. Kompaniyamizning barchaga taniqli bo‘lgan Facebook, Instagaram, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarida saxifa va xisoblari mavjud. Ayniqsa, telegramdagi AgroHouse Bog'dorchilik guruxi bog‘lardagi muammolarga oid savollarga faol ravishda javob berib kelmoqda. Bundan tashqari, mevachilik xaqida juda ko‘p kitoblarga ega bo‘lgan AgroHouse Kutubxonasi ham faoliyat ko‘rsatmoqda. |
Yuqorida aytib o‘tilganlarga taalluqli savollaringiz bo‘lsa AgroHouse Bog‘dorchilik Bo‘limiga murojaat qiling.
Тел: (94) 777 4708 / (71) 209 6868 / (71) 209 6826 (Toshkent) / (97) 3654141 (Navoi) / +7 727 3990011 (Qozoqiston)
email: info@agro.house