O‘zbekcha
Koruma TarimYangiMavjud

Emarebeno ®

Umumiy tavsifi:

Kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan samarali insektisid!

Ta'sir etuvchi moddasi: Emamektin Benzoat 50gr/kg.

Preparat shakli: Suvda eruvchi granulalar.

Qadog'i: 1kg

Kategoriya
O'simliklarni himoya qilish vositalari
Turi
Insektitsid
Ishlab chiqaruvchi
Koruma Tarim
Ekinlar
Pomidor, Karam, Uzum, Olma, Makkajo‘xori
Yetishtirish
Ochiq dala
Shtrix-kod
2900100027465
378 000 so‘m
AI’dan so‘rash

Yetkazib berish

  • Tezkor kuryer (Toshkent) · faqat Toshkent shahribugun · 35 000 so‘m
  • BTS — eshikkacha1–3 kun · 28 000 so‘m
  • EMU kuryer1–2 kun · 34 000 so‘m
  • Ombordan olib ketishkelishiladi · bepul

Tavsif

Umumiy tavsifi:

Kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo'llaniladigan samarali insektisid!

Ta'sir etuvchi moddasi: Emamektin Benzoat 50gr/kg.

Preparat shakli: Suvda eruvchi granulalar.

Qadog'i: 1kg

Qo'llanilishi:

Go'za, pomidor, tok, olma va sabzavot ekinlarini tangaqanotli zararkunandalarning qurtlaridan himoya qilish uchun tabiiy translaminar insektitsid.

Afzalliklari:

  • Ovisidli ta'siri natijasida qurtlar meva ichiga kirishga ulgurmay halok bo’ladi.
  • Har qanday ob-havo sharoitida, ya’ni yuqori haroratda ham (+35C dan yuqori), yog’ingarchilik ko’p bo’lganda ham yuqori samaradorlikka ega.
  • Biometodlar bilan qo’shila olishlilik darajasi: qo’llashdan so’ng 24 soat o’tgach entomofaglar uchun xavfsizdir.
  • O’simliklarning qayta zararlanishidan davomli himoyasi: 15 kungacha.
  • Kutish muddatining qisqaligi: 5-10 kun.

Ta'sir qilish mexanizmi:

Emarebeno hashorat asab tizimining ikki qismiga ta'sir ko'rsatadi: sinapsda gamma-aminomoyli kislotalari retseptorlarini va muskul to'qimalarida glutamat h retseptorlarini falajlaydi. 4 soatdan so'ng hashorot harakatlanishdan to'xtaydi va oziqlanmaydi. Emarebeno® tuxum ichida zararkunandaning rivojlanishiga barham beradi, bir avlod kapalaklarining uchishi cho'zilganda yoki keyingi avlodlar kapalaklarining uchishi qo'shilib ketganda takroriy ishlov berish talab etiladi. Sarf me'yori kg/ga: 0.4-0.5.

Boshqa preparatlar bilan qo'llanilishi:

Emarebeno® preparatini boshqa insektitsidlar va fungitsidlar bilan qo'shib ishlatish mumkin.

Ishchi eritmani tayyorlash tartibi:

Ish boshlanfan avval bak, shlang va purkagich tozaligini, shuningdek, purkovchi uskunaning ishga tayyorligi tekshiriladi. So'ngra purkagichdan suv o'tish miqdori bir meyordaligi va 1 gektarga sarflanadigan ishchi eritma miqdori me'yori aniqlanadi. Ishchi eritmani purkashda ishlov berilayotgan yuzaga ishchi suyuqlikning bir tekis taqsimlanishiga erishish lozim. Bakni yarmi suv bilan to'ldiriladi va preparatning aniq miqdori qo'shiladi. Ishchi eritma sarfi gektariga 400-500 litr ishlatiladi.

Preparat samaradorligi:

Fungitsid o'z muddatlarida sifatli qo'llanilganda, zararkunandalarning ekinlarga keltirgan zararini oldini olish hisobiga, gerbitsid qo'llanilmagan maydonda nisbatan 15-20% gacha hosil qo'shilishi mumkin.

Xavfsizlik choralari:

Saqlash muddati: Qadoqlangan holida 2 yil.

Preparat 0°C dan yuqori va +30°C dan past bo'lgan haroratda pestitsidlarni saqlash uchun mo'ljallangan, quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Preparatni qo'llash va saqlash ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyaning nazoratidan tashqarida bo'lganligi sababli, mos bo'lmagan sharoitlarda saqlanishi va no'tog'ri qo'llashdan yuzaga keluvchi zararlarga ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya ma'sul emas.

Sarf Me'yori va qo'llash tartibi:

Ekin Turi Zararkunandalar

Sarf Me'yori

l/ga

Qo'llash muddati

Hosil yig'ishgacha qancha qolganda ishlov tugallanadi. (kun)

Mavsumda necha marotaba qo'llanishi
G'o'za G'o'za tunlami 0,4-0,5 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Pomidor G'o'za tunlami 0,4-0,5 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Olma Olma mevaxo'ri, barg o'ruvchi, g'ilofli kuya 0,4-0,5 O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2

O‘xshash mahsulotlar