Biz haqimizda
Hurmatli Mijoz,
AGROHOUSE kompaniyasining rasmiy veb-sahifasiga xush kelibsiz!
AGROHOUSE kompaniyasi Markaziy Osiyo davlatlarining (O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston) qishloq xo'jaligi bozorlarida yuqori sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalardan biridir.
AGROHOUSE kompaniyasi tashkil topgan vaqtidan boshlab mijozlariga yuqori sifatli mahsulotlarni taklif qilish va mijozlarini to'liq xizmat bilan qo'llab-quvvatlashni o'ziga maqsad qilib qo'ygan. AGROHOUSE kompaniyasining asosiy vazifasi – imkoniyat darajasida, mijozlariga eng yaxshi yo'l bilan xizmat qilish, hamkorlarimiz bilan o'zaro manfaatli, ishonchli va uzoq muddatli munosabatlarni tuzish va saqlab qolish va kompaniyaga dahldor bo'lgan barcha tomonlar uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etishdan iboratdir.
Sifat va professional xizmat har doim AGROHOUSE kompaniyasi uchun biznesning asosiy qirralaridan biri hisoblangan, shuning uchun ham, AGROHOUSE kompaniyasi import qilishda, birinchi navbatda, Yevropa'da ishlab chiqarilgan yuqori sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlarini (sabzavot va gul urug'lari, o’simliklarni himoya qilish vositalari, o'g'itlar va ozuqalar, qishloq xo’jaligi anjomlari va texnikasi) tanlab oladi va O'zbekiston, Qozog'iston va Markaziy Osiyo'ning boshqa mamlakatlari qishloq xo'jaligi bozorlarida taklif qiladi.
AGROHOUSE kompaniyasi o'zining eksklyuziv hamkorlari tarmog'i bilan faxrlanadi. Hozirgi kunda hamkorlarimiz orasida ENZA ZADEN (Gollandiya, sabzavot urug'lari), TAKII SEEDS Yevropa (Gollandiya, sabzavot urug'lari), MAISADOUR SEMENCES (Fransiya, makkajo'xori urug'lari), FELDSAATEN FREUDENBERGER (Germaniya, chim uru'glari), COMPO EXPERT va COMPO CONSUMER (Germnaiya, kompleks o'g'itlar), EUROSOLIDS (Gollandiya, kompleks o'g'itlar), MERKEZ ANADOLU (Turkiya, o'g'itlar), KORUMA TARIM (Turkiya, kimyoviy himoya vositalari), MITSUI CHEMICALS (Yaponiya, kimyoviy himoya vositalari), HUSQVARNA (Shvetsiya, anjomlar va uskunalar), GARDENA (Germaniya, anjomlar va uskunalar), DUE BUOI (Italiya, bog'dorchilik uskunalari), TFA-DOSTMANN (Germaniya, anjomlar va uskunalar), ARS (Yaponia, bog'dorchilik uskunalari), BADILLI (Turkiya, uskunalar), JACTO (Yaponia, uskunalar), BIOBEST (Belgiya, changlatuvchi arilar va biologik ekin himoya vositalari), kabi Yevropaning ilg'or kompaniyalari o'rin oladi.
AGROHOUSE kompaniyasi o'zining asosiy bozorlarida yaxshi tashkil etilgan mijozlar tarmog'iga ega va kompaniya o'z mijozlari bilan samarali va ishonchli munosabatlar olib borishga intiladi. Shuning uchun ham AGROHOUSE kompaniyasi o’z diqqatini mijozlariga har doim professional darajada xizmat ko'rsatishga va malakali agrotexnik maslahatlar berishga qaratadi.
AGROHOUSE kompaniyasi nafaqat yuqori sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlarini mahalliy bozorlarga yetkazib beradi, balki kompaniyamiz yangi mahsulotlarni mahalliy bozorlarda taklif qilishdan oldin bu mahsulotlarni mahalliy sharoitlarda sinovlardan o'tkazish bilan ham shug'ullanadi. Bundan tashqari, AGROHOUSE kompaniyasi hamkorlarini marketing tadqiqotlari o'tkazish, hisobotlar tayyorlash, yangi mahsulotlarni davlat tashkilotlarida ro'yxatdan o'tkazish, mahsulotlarni reklama qilish, treninglar tashkillashtirish bilan hamda hamkorlarning Markaziy Osiyo mamlakatlariga qiladigan ish tashriflari davomida ularni professional darajada qo'llab-quvvatlash bilan ham shug'ullanadi. Bulardan tashqari, AGROHOUSE kompaniyasi mahalliy bozorlaridagi mijozlari uchun muntazam ravishda seminarlar, mahsulotlar taqdimoti va ochiq dala kunlarini uyushtiradi.
AGROHOUSE kompaniyasining asosiy maqsadlari bu – Markaziy Osiyo bozorlaridagi mijozlarga yuqori sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetkazib beruvchi va mijozlarga to'liq xizmat ko'rsatuvchi kompaniya bo'lish, kelajakda uzoq muddatli va barqaror biznesni davomiy qilish maqsadida doimiy izlanishda bo'lish, va o'zining mijozlari, hamkorlari va xodimlari uchun qadriyatlarni yaratishdir.
AGROHOUSE kompaniyasi taklif qiladigan mahsulotlarini xarid qilish uchun AGROHOUSE kompaniyasining Toshkent viloyatida joylashgan ixtisoslashgan savdo do'koniga tashrif buyurishingiz va AGROHOUSE kompaniyasining savdo agentlari va hamkorlari bilan bog'lanishingiz mumkin. AGROHOUSE kompaniyasining tajribali mutaxassislari Sizga kerakli ma'lumotlarni va maslahatlarni taqdim qilishda va sizni qiziqtirayotgan mahsulotlarni tanlashda yordam berishadi.
AGROHOUSE jamoasi Sizga va Sizning ishlaringizga muvaffaqiyat va farovonlik tilaydi!