O‘zbekcha
MERKEZ ANADOLUYangiMavjud

Serwet ®

Ta'sir Mexanizmi:

Serwet® ishchi eritmaning sir tarangligini sezilarli pasaytiradi, bu esa preparatlarning barg yuzasida bir tekis taqsimlanishiga imkon beradi (ayniqsa mumli, g'uborli yoki tukli barglarda). Shu bilan birga, o'ziga xos formulasi yordamida ishchi eritma ishlov berilgan barg yuzasidan oqib tushmaydi. Yosh barglar kutikulasiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi Serwetning yana bir o'ziga xos afzalligidir, bu esa preparatni qo'llashda fitotoksiklikni butunlay bartaraf etish imkonini beradi.

Ta'sir qiluvchi modda: Geptametil trisiloksan (220g/l), kopolimer-namlagich (780g/l).

Preparat shakli: Emulsiya konsentrati.

Qadoqlanishi: 1L

Kategoriya
O'simliklarni himoya qilish vositalari
Turi
Boshqalar
Qadoq
1 litr
Ishlab chiqaruvchi
MERKEZ ANADOLU
Ekinlar
Makkajo‘xori
Shtrix-kod
2900100025492
318 000 so‘m
1 litr
AI’dan so‘rash

Yetkazib berish

  • Tezkor kuryer (Toshkent) · faqat Toshkent shahribugun · 35 000 so‘m
  • BTS — eshikkacha1–3 kun · 28 000 so‘m
  • EMU kuryer1–2 kun · 34 000 so‘m
  • Ombordan olib ketishkelishiladi · bepul

Tavsif

Ta'sir Mexanizmi:

Serwet ishchi eritmaning sir tarangligini sezilarli pasaytiradi, bu esa preparatlarning barg yuzasida bir tekis taqsimlanishiga imkon beradi (ayniqsa mumli, g'uborli yoki tukli barglarda). Shu bilan birga, o'ziga xos formulasi yordamida ishchi eritma ishlov berilgan barg yuzasidan oqib tushmaydi. Yosh barglar kutikulasiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi Spurning yana bir o'ziga xos afzalligidir, bu esa preparatni qo'llashda fitotoksiklikni butunlay bartaraf etish imkonini beradi.

Ta'sir qiluvchi modda: Geptametil trisiloksan (220g/l), kopolimer-namlagich (780g/l).

Preparat shakli: Emulsiya konsentrati.

Qadoqlanishi: 1L

Qo'llanilishi:

Serwet pestitsidlar bilan qoplanish maydonini 20-30% ga oshiradi. Bu preparatning maksimal samaradorlik uchun aynan zarur bo'lgan vaqtda barg yuzasida bo'lishini ta'minlaydi. Bu ayniqsa kontaktli ta'sirga fungitsidlar bilan birgalikda qo'llanilganda yaqqol seziladi. Spur insektisidlar bilan birgalikda qo'llanilganda ham juda samaralidir.

Afzalliklari:

  • Fungitsid, insektitsid va gerbitsidlarning samaradorligini oshiradi.
  • Preparatni barg yuzasida qolishini sezilarli oshiradi, ayniqsa kuchli tuklangan va mum g'uborli barglarda.
  • Fitotoksiklik kuzatilmaydi, mahsulot tarkibida zaharli komponentlar mavjud emas.
  • Ishchi eritma, sarf me'yorini 20-25% kamaytirish imkonini beradi.
  • Bak aralashmalarida pestitsidlar bilan yaxshi aralashadi.
  • Pestitsidlar bilan birga bak aralashmalarida qo'llanilganda, o'simlik uchun fitotoksiklik darajasi ortmaydi.
  • Ishchi eritmaning sarf me'yorini kamaytirishga va purkagichni bir marta to'ldirgandan kattaroq maydonlardga ishlov berishga imkon yaratadi.
  • O'simliklarning dori yetib borishi qiyin bo'lgan joylariga ham kirib, preparatlarning zararkunanda, kasalliklar va begona o'tlarga qarshi samarasini oshiradi.

Kimyoviy ta'sir davri: Serwet bilan bak aralashmasida qo'llaniladigan pestitsidlarning kimyoviy ta'sir davri bilan belgilanadi.

Ishchi eritmani tayyorlash tartibi:

Ish boshlandan avval bak, shlang va purkagich tozaligini, shuningdek, purkovchi uskunaning ishga tayyorligi tekshiriladi. So'ngra purkagichdan suv o'tish miqdori bir meyordaligi va bir gektarga sarflanadigan ishchi eritma miqdori me'yori aniqlanadi. Ishchi eritmani purkashda ishlov berilayotgan yuzaga ishchi suyuqlikning bir tekis taqsimlanishiga erishish lozim. Bakni yarmi suv bilan to'ldiriladi va preparatning aniq miqdori qo'shiladi. Ishchi eritma sarfi gektariga 400-500 litrga teng.

Saqlash muddati: Qadoqlangan holida 2 yil.

Xavfsizlik choralari:

Preparat 0°C dan yuqori va +30°C dan past bo'lgan haroratda pestitsidlarni saqlash uchun mo'ljallangan, quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Preparatni qo'llash va saqlash ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyaning nazoratidan tashqarida bo'lganligi sababli, mos bo'lmagan sharoitlarda saqlanishi va no'tog'ri qo'llashdan yuzaga keluvchi zararlarga ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya ma'sul emas.

Sarf Me'yori va qo'llash tartibi:

Ekin Turi

Pestitsid turi

Sarf Me'yori L/ga

Eslatma

Donli ekinlar, makkajo'xori va sabzavot ekinlari

Kontaktli fungitsidlar;

Kontaktli gerbitsidlar;

Kontaktli insektitsidlar;

0,025%-0,05% (maksimum 0,1 l/gа)

Suv sarfi: 100-300 l/ga. Serwetning yuqori sarf me'yori o'sumlik yuzasini qoplash va uning ichiga kirishini yaxshilash uchun tavsiya etiladi.

Sitemali fungitsidlar;

Sitemali gerbitsidlar;

Sistemali insektitsidlar;

O'sishni boshqaruvchi biostimulatorlar;

O'gitlar;

0,1% (maksimum 0,1 l/gа)

Bog' va Tokzorlar

Kontaktli fungitsidlar;

Kontaktli insektitsidlar;

0,05%-0,1% (maksimum 0,4 l/ga)

Suv sarfi: 400-800 l/ga. Serwetning yuqori sarf me'yori o'sumlik yuzasini qoplash va uning ichiga kirishini yaxshilash uchun tavsiya etiladi.

Sitemali fungitsidlar;

Sistemali insektitsidlar;

O‘xshash mahsulotlar