
Denska ®
Umumiy tavsifi:
So'ruvchi va kemiruvchi hasharotlarga qarshi samarali insektisid!
Ta'sir etuvchi moddasi: Deltametrin 5% (50gr/l)
Preparat shakli: Suspensiya konsentrati
Xavflilik darajasi: III – sinfga oid (o'rtacha xavfli)
Qadog'i: 500ml
Yuqori samarali sistemali va kontaktli ta'sir etuvchi insektitsid bo'lib, qishloq xo'jaligi ekinlarida kolorado qo'ng'izi, shira, tunlamlar, trips, oqqanot, qandalalar, tut parvonasi, makka parvonasi, shilliqqurt, xasva, bargo'rar qurtlar, mevaxo'rlar, fitonomus, oq kapalak, kuya, chigirtkasimonlarga qarshi samarali qo'llaniladi.
- Kategoriya
- O'simliklarni himoya qilish vositalari
- Turi
- Insektitsid
- Ishlab chiqaruvchi
- Koruma Tarim
- Ekinlar
- Pomidor, Bodring, Kartoshka, Olma
- Shtrix-kod
- 2900100027564
Yetkazib berish
- Tezkor kuryer (Toshkent) · faqat Toshkent shahribugun · 35 000 so‘m
- BTS — eshikkacha1–3 kun · 28 000 so‘m
- EMU kuryer1–2 kun · 34 000 so‘m
- Ombordan olib ketishkelishiladi · bepul
Tavsif
Umumiy tavsifi:
So'ruvchi va kemiruvchi hasharotlarga qarshi samarali insektisid!
Ta'sir etuvchi moddasi: Deltametrin 5% (50gr/l)
Preparat shakli: Suspensiya konsentrati
Xavflilik darajasi: III – sinfga oid (o'rtacha xavfli)
Qadog'i: 500ml
Yuqori samarali sistemali va kontaktli ta'sir etuvchi insektitsid bo'lib, qishloq xo'jaligi ekinlarida kolorado qo'ng'izi, shira, tunlamlar, trips, oqqanot, qandalalar, tut parvonasi, makka parvonasi, shilliqqurt, xasva, bargo'rar qurtlar, mevaxo'rlar, fitonomus, oq kapalak, kuya, chigirtkasimonlarga qarshi samarali qo'llaniladi.
Qo'llash muddati:
Preparat ekinlarni faol o'suv davrida, zararkunandalar rivojlanishining boshlang'ich fazasida qo'llanilsa, yuqori samara beradi. Preparatni ekin turlariga qarab 2 marta 10-15 kun oralatib qo'llash mumkin.
Ta'sir etish mexanizmi:
Denska boshqa peretroidlar kabi zararkunandalarning nerv sistemasiga ta'sir qiladi.
Boshqa preparatlar bilan qo'llanilishi:
Denska preparatini boshqa kimyoviy vositalar bilan birgalikda ishlatish mumkin, masalan Folicur, Zellek Super, Curzate va boshqalar).
Ishchi eritmani tayyorlash tartibi:
Ish boshlanishidan avval bak, shlang va purkagich tozaligini, shuningdek, purkovchi uskunaning ishga tayyorligi tekshiriladi. So'ngra purkagichdan suv o'tish miqdori bir meyordaligi va 1 gektarga sarflanadigan ishchi eritma miqdori me'yori aniqlanadi. Bakni yarmi suv bilan to'ldiriladi va preparatning aniq miqdori qo'shiladi. Ishchi eritma sarfi gektariga 400-500 litr ishlatiladi.
Preparat samaradorligi:
Insektitsid o'z muddatlarida sifatli qo'llanilganda, zararkunandalarning ekinlarga keltirgan zararini oldini olish hisobiga, insektitsid qo'llanilmagan maydonda nisbatan 35% gacha hosil qo'shilishi mumkin.
Saqlash muddati: Qadoqlangan holida 2 yil.
Preparat 0°C dan yuqori va +30°C dan past bo'lgan haroratda pestitsidlarni saqlash uchun mo'ljallangan, quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Preparatni qo'llash va saqlash ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyaning nazoratidan tashqarida bo'lganligi sababli, mos bo'lmagan sharoitlarda saqlanishi va no'tog'ri qo'llashdan yuzaga keluvchi zararlarga ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya ma'sul emas.
Sarf Me'yori va qo'llash tartibi:
| Ekin Turi | Zararkunandalar | Sarf Me'yori l/ga | Qo'llash muddati | Hosil yig'ishgacha qancha qolganda ishlov tugallanadi (kun) | Mavsumda necha marotaba qo'llanishi |
| Kartoshka | Kolorado Qo'ng'izi | 0,1-0,15 |
O'simlikning o'suv davrida purkaladi |
20 | 2 |
| G'o'za | G'o'za tunlami | 0,2 | O'simlikning o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| Pomidor | Shiralar, trips, tunlamalar | 0,15 | O'simlikning o'suv davrida, zararkunanda paydo bo'lishi bilan purkaladi | 30 | 2 |
| Olma | Shira, bargo'rar qurtlar, olma qurti | 0,15 | O'simlikning o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |



