O‘zbekcha

Xizmatlar

Agro-Konsalting

Bizning xizmatlarimizning negizi – bizning ko’p yillik tajribamizga asoslanib mijozlarimizga agronomik va agrotexnik tavsiya va maslahatlar berish imkoniyatimiz hisoblanadi. Biz mijozlarimizga nafaqat mahsulot tanlashda savdodan oldin tavsiya va maslahat beramiz, balki savdodan keyin ham mijozlarimizga ekinlar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha uzluksiz tavsiya va maslahatlar berib turish xizmatini taklif qilamiz. Mijozlarimizning talabiga ko’ra, bizning tajribali agronomlarimiz mijozlarimizning issiqxonada yoki ochiq dalada ekkan ekinlarini borib ko’rishadi va bir necha kuzatuvlardan keyin ekinning o’sishi bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini va tavsiyalarini berishadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bizning agro-konsalting xizmatlarimiz quyidagi yo’nalishlarni taqdim etadi:
• Skrining va ekinning o'sishini kuzatish va tahlil qilish
• Ekinning yaxshi o'sishi uchun zarur bo'lgan ozuqalar, o’g’itlar va mikroelementlar bo’yicha tavsiyalar berish
• O'simliklarni zararkunandalardan himoya qilish bo'yicha tavsiyalar berish va himoya qilish vositalarini tanlashda ko'maklashish
• Tuproqning turli ko'rsatkichlarini (pH, EC, namlik, sho'rlik, va hokazolarni) o'lchash va tuproq sifatini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar berish.

Lekin mijozlarimiz shuni ham inobatga olishlari kerakki, bizning agronomlarimiz va AGROHOUSE kompaniyasi xodimlari tomonidan beriladigan va mahsulotlarning sifatiga va yakuniy natijalariga aloqador bo’lgan ma’lumotlar, tavsiya va maslahatlar avvalambor bizning tajribamiz, sinovlarimiz va shu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilari tomonidan maxsus namunani tanlab maxsus sharoitlarda o’tkazilgan testlarga asoslanadi. Ko’p hollarda yakuniy natijalarga quyidagi omillar ta’sir qiladi: ekin ekish joyi, ekin yetishtirishdan oldingi va ekin yetishtirish davomidagi sharoitlar, mahsulotlarni saqlash sharoitlari, iqlim, tuproq, o'simliklarni himoya qilish usullari va hokazo. Shuning uchun ham, mijozlarimiz mahsulotlarimizning ularning turli maqsadlariga va sharoitlariga muvofiqligini o’zlari oldindan aniqlashlari kerak.

Mahsulot sinovlari

Bizning asosiy xizmatlarimizdan yana biri bu – yangi mahsulotlarni mahalliy bozorlarda taklif qilishdan oldin bu mahsulotlarni mahalliy sharoitlarda sinovlardan o'tkazishdir. Bu o’z navbatida yangi mahsulotlarning bizning mahalliy sharoitlarimizga muvofiqligini, sifatini va chidamliligini tekshirish uchun katta ahamiyatga ega.

Biz odatda, mahsulot sinovlarini turli stress sharoitlarida, issiqxona muhitida va ochiq dala sharoitida o'tkazamiz. Bizning tajribali agrotexnik mutaxassislarimiz sinovdan o’tkazilayotgan mahsulotlar faoliyatini diqqat bilan kuzatib boradilar va shundan so’ng sinovlar natijalarini qayd qiladilar. Biz sinovlar tugagandan so’ng hamkorlarimiz bilan birgalikda mahsulotlarning yaxshi natijalar ko’rsatishini ta’minlash uchun eng optimal yechim izlashga kirishamiz. Shunday qilib, mahsulot sinovi bizning mahalliy bozorlar uchun mos keladigan mahsulotlarni tanlashdagi yaxshi boshlanish nuqtasi ekanligini isbotlagan.

Tadbirlar va seminarlar

Biz muntazam ravishda turli xil tadbirlarni tashkillashtirib turamiz, shular jumlasidan, seminarlarni, mahsulot taqdimotlarini yoki ochiq dala kunlarini misol sifatida keltirish mumkin. Biz bu tadbirlarga mijozlarimizni, hamkorlarimizni va boshqa mehmonlarni taklif qilib turamiz.

Bizning tadbirlar qatnashchilarimizga nafaqat, yangi mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni, texnologik o'zgarishlarni, qishloq xo’jaligi bozorlaridagi trend va tendentsiyalar haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilishdan iborat bo’ladi, balki mahsulot yetishtirishda Yevropalik dehqon va fermerlarning eng samarali tajribalari va amaliyotlari bo'yicha tushuncha berishni ham o’z ichiga qamrab oladi.

Biz ba'zi maxsus tadbirlarimizga chet eldan o’z sohasining mutaxassislarini taklif qilamiz va ular o’z navbatida bilim va tajribalarini bizning mahalliy dehqon va fermerlarga taqdim qiladilar.

Marketing va reklama

Bundan tashqari, biz turli xil marketing tadqiqotlari o'tkazishda, hisobotlar tayyorlashda, yangi mahsulotlarni davlat tashkilotlarida ro'yxatdan o'tkazishda va mahsulotlarni reklama qilishda tajribaga egamiz.

Biz hamkorlarimizni yangi mahsulotlarini mahalliy bozorda tanittirish, savdoni rag’batlantirish va reklama qilish rejasini tuzishda qo'llab quvvatlaymiz. Bu o'z navbatida yangi mahsulotning mahalliy bozorlarimizdagi raqobatbardoshligini va savdosini oshiradi va mahsulotning bozordagi imidjini yaratishda yordam beradi. Bizning mijozlarimiz bilan bo’lgan yaxshi munosabatlarimiz, yangi mahsulotlarni mijozlarimizga to'g'ridan-to'g'ri taklif qilish imkoniyatini beradi va bu mahsulot brendiga bo'lgan ishonchning kelib chiqishini ta'minlaydi.