
Nazatem Top ®
Umumiy tavsifi:
Yuqori hosildorlik va daromad garovi!
G'alla va sholining vegetatsiya davrida turli kasalliklardan sistemali himoyalash fungitsidi.
Ta'sir etuvchi moddasi: Azoksistrobin 200g/L+Difenokonazol 125g/L
Preparat shakli: Suspensiya konsentrati.
Xavflilik darajasi: III –sinfiga oid (o'rtacha xavfli birikma).
Qadog'i: 1L
- Kategoriya
- O'simliklarni himoya qilish vositalari
- Turi
- Fungitsid
- Ishlab chiqaruvchi
- Koruma Tarim
- Ekinlar
- Pomidor, Bodring, Baqlajon, Kartoshka, Piyoz, Sabzi, Tarvuz, Qovun, Uzum, Sitrus, Paxta, Sholi
- Shtrix-kod
- 2900100027526
Yetkazib berish
- Tezkor kuryer (Toshkent) · faqat Toshkent shahribugun · 35 000 so‘m
- BTS — eshikkacha1–3 kun · 28 000 so‘m
- EMU kuryer1–2 kun · 34 000 so‘m
- Ombordan olib ketishkelishiladi · bepul
Tavsif
Umumiy tavsifi:
Yuqori hosildorlik va daromad garovi!
G'alla va sholining vegetatsiya davrida turli kasalliklardan sistemali himoyalash fungitsidi.
Ta'sir etuvchi moddasi: Azoksistrobin 200g/L+Difenokonazol 125g/L
Preparat shakli: Suspensiya konsentrati.
Xavflilik darajasi: III –sinfiga oid (o'rtacha xavfli birikma).
Qadog'i: 1L
Qo'llanilishi:
Nazatem Topni naychalash boshlanishidan to boshoqlashning yakunlanishigacha qo'llash mumkin. Barcha holatlarda ham proflaktik va davolovchi hususiyatini namoyon qiladi. Boshoqlar boshlanishi bayroq barg ko'ringan vaqtida qo'llash eng yaxshi natija beradi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomaga qa'tiy muvofiq qo'llanilganda fitotoksiklik xavfi yuzaga kelmaydi.
Afzalliklari:
- G'alla va sholining barcha turdagi kasalliklarini effektiv nazorat qila oladi.
- Uzoq muddat davomida o'z ta'sir kuchini saqlab qoladi (20 kungacha).
- G'alla boshog'idagi barcha donlarning to'liq pishib yetilishida ishtirok etadi.
- Tashqi ta'sir hamda sistemali translaminarlik hususiyati bilan Nazatem Top -un-shudring, kulrang va sariq zang, peronosporoz, chirishlar, ildiz kasalliklari, barg va boshoqlar dog'lanishi kasalliklaridan himoya qilishda yordam beradi.
- Azoksistrobin rezistentlik keltirib chiqarmaydi.
- Nazatem Top naychalanish boshlanishidan to boshoqlash fazasi yakunigacha bo'lgan davrda qo'llash mumkin. Barcha holatda ham davomli profilaktik va davolovchi xususiyatga ega.
- Yomg'ir yoqqanda ham yuvilib ketmaydi, quyosh nuri ta'sirida kam parchalanadi.
Qo'llash muddati:
Preparat ekinlarning faol o'suv davrida zamburug'li kasallik rivojlanishining boshlang'ich fazasida qo'llanilsa, yuqori samara beradi. Preparatni ekin turlariga qarab 2-3 marta 15 kun oralatib qo'llash mumkin.
Ta'sir qilish mexanizmi:
Azoksistrobin o'simlikning fiziologik holatini yaxshilash orqali, suv va azotni effektiv singishi hamda garmonal balansga erishgan holda vegetatsiya davrini uzaytiradi. Azoksistrobin o'simlik bargidagi og'iz teshikchalar ochilib yopilishini nazorat qilishda yordam beradi, bu esa qurg'oqchilik vaqtida CO2 (nafas olishi) yaxshilashi irqali o'simlikning yashash sharoitini yengillashtirishga imkon tug'diradi. Difenokonazol esa o'simlik tanasida kasallik qo'ziqorinlarining birlamchi sterollar biosintezi hujayra membranalari rivojlanish davrini buzulishi orqali, barcha rivojlanish bosqichlarida qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Ishchi eritmani tayyorlash tartibi:
Ish boshlandan avval bak, shlang va purkagich tozaligini, shuningdek, purkovchi uskunaning ishga tayyorligi tekshiriladi. So'ngra purkagichdan suv o'tish miqdori bir meyordaligi va bir gektarga sarflanadigan ishchi eritma miqdori me'yori aniqlanadi. Ishchi eritmani purkashda ishlov berilayotgan yuzaga ishchi suyuqlikning bir tekis taqsimlanishiga erishish lozim. Bakni yarmi suv bilan to'ldiriladi va preparatning aniq miqdori qo'shiladi. Ishchi eritma sarfi gektariga 400-500 litrga teng.
Preparat samaradorligi:
Fungitsid o'z muddatlarida sifatli qo'llanilganda, kasalliklarrning ekinlarga keltirgan zararini oldini olish hisobiga, insektitsid qo'llanilmagan maydonda nisbatan 35% gacha hosildorlik oshishi mumkin.
Xavfsizlik choralari:
Saqlash muddati: Qadoqlangan holida 2 yil.
Preparat 0°C dan yuqori va +30°C dan past bo'lgan haroratda pestitsidlarni saqlash uchun mo'ljallangan, quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Preparatni qo'llash va saqlash ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyaning nazoratidan tashqarida bo'lganligi sababli, mos bo'lmagan sharoitlarda saqlanishi va no'tog'ri qo'llashdan yuzaga keluvchi zararlarga ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya ma'sul emas.
Sarf Me'yori va qo'llash tartibi:
| Ekin Turi | Kasalliklar | Sarf Me'yori l/ga | Qo'llash muddati | Terimgacha qo'llash muddati (kun) | Mavsumda necha marotaba qo'llanishi |
| Uzumzor | Mildyu, un-shudring | 0.6-0.7 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| Tarvuz/Qovun | Un-shudring | 0.6-0.7 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| Bodring | Un-shudring | 0.6-0.7 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| Nok | Kalmaraz | 0.6-0.7 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| Baqlajon | Un-shudring | 0.6-0.7 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| Kartoshka |
Alternarioz, fitoftoroz, makrosporioz, rizoktonioz |
0.6-0.7 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| Sabzi | Alternarioz, serkosporoz, un-shudring | 0.6-0.7 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| Pomidor | Fitoftoroz, septorioz, alternarioz, kladosporioz, un-shudring | 0.6-0.7 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| Piyoz | Peronosporoz, alternarioz, fuzarioz | 0.6-0.7 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 30 | 2 |
| Sholi | Pirikulyarioz, gelmintosporoz, serkosporoz, rizoktonioz, fuzarioz | 0,5-0,6 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 40 | 2 |



