
Kocide 2000®
Umumiy tavsifi:
Qishloq xo'jaligida o'simliklarni ko'pgina zamburug'li va bakteriyali kasalliklardan himoyalovchi zamonaviy fungitsid.
Ta'sir etuvchi moddasi: Gidrokisd misi 350g/kg + Ion misi 188g/kg.
Preparat shakli: Suvda eruvchi granulalar.
Xavflilik darajasi: III –sinfiga oid (o'rtacha xavfli birikma).
Kimyoviy sinfi: Noorganik fungitsidlar.
Qadog'i: 5kg
- Kategoriya
- O'simliklarni himoya qilish vositalari
- Turi
- Fungitsid
- Ishlab chiqaruvchi
- Mitsui Chemicals
- Ekinlar
- Pomidor, Bodring, Kartoshka, Piyoz, Karam, Uzum, Olma, O‘rik, Shaftoli, Sitrus
- Yetishtirish
- Issiqxona
- Shtrix-kod
- 2900100030427
Yetkazib berish
- Tezkor kuryer (Toshkent) · faqat Toshkent shahribugun · 35 000 so‘m
- BTS — eshikkacha1–3 kun · 28 000 so‘m
- EMU kuryer1–2 kun · 34 000 so‘m
- Ombordan olib ketishkelishiladi · bepul
Tavsif
Umumiy tavsifi:
Qishloq xo'jaligida o'simliklarni ko'pgina zamburug'li va bakteriyali kasalliklardan himoyalovchi zamonaviy fungitsid.
Ta'sir etuvchi moddasi: Gidrokisd misi 350g/kg + Ion misi 188g/kg.
Preparat shakli: Suvda eruvchi granulalar.
Xavflilik darajasi: III –sinfiga oid (o'rtacha xavfli birikma).
Kimyoviy sinfi: Noorganik fungitsidlar.
Qadog'i: 1kg
Qo'llanilishi:
Kasallikni ob havo sharoitlariga qarab davolash 7-14 kundan so'ng takrorlash kerak. Kocide 2000 kartoshka va ochiq yerdagi pomidorda fitoftoroz va alternariozga, piyozda perenosporozga, olmada kalmaraz, monilioz va bakterial kuyishga, uzumda mildyu va kulrang chirishga qarshi yuqori darajadagi samaradorlikga ega.
Afzalliklari:
- Kam sarf me'yor tufayli, qo'llash oson.
- Suvda tez va oson eriydi.
- ko'piklanish hususiyati past.
- Eritma uzoq vaqt barqaror holatda turadi.
- Bak aralashmalarida qo'shila olishi.
- Havo harorati yuqori daraja bo'lganda ham zararkunandalarga qarshi ta'sirini davomiyligi kamaymaydi.
- Ekin o'sishinining hamma bosqichlarlarida qo'llash mumkin.
- Yomg'ir suvlarida yuvilib ketmaydi.
- Ekinlarga hech qanday zarar yetiqizmaydi (fitotoksik emas).
Qo'llash muddati:
Preparat ekinlarning faol o'suv davrida kasalliklar rivojlanishining boshlang'ich fazasida qo'llanilsa, yuqori samara beradi. Preparatni ekin turlariga qarab 2-3 marta 15 kun oralatib qo'llash mumkin.
Ta'sir qilish mexanizmi:
Kocide 2000 - bu mis asosli kontaktli ta'sir etuvchi fungitsid bo'lib, ekinlarning keng spektriga kalmaraz, dog'lanishlar, fitoftoroz, alternarioz, antraknoz, va boshqa kasalliklarga qarshi himoya proflaktik ta'sirini ta'minlaydi. Kocide 2000 bakteritsid ta'siri bilan ham ajralib turadi, bakterial dog'lanishga qarshi samarali. Kocide 2000 himoya qatlami hosil qilib, patogenning o'simlikka kirishiga yo'l qo'ymaydi. Misning metall kristalchalari ishlov berilgan barg yuzasiga yopishib qoladi, unga suv tushganda misning ikki valentli ionlari chiqadi va ular maqsadli patogenlarga qarshi faol hisoblanadi. Ishlov berilgan yuzaga tegganda misning ikki valentli ionlari spora va bakteriyalarga tez yutiladi va qachonki hujayra ichida toksik konsentratsiya hosil bo'lgach, infeksiya jatayoni barham topadi.
Ishchi eritmani tayyorlash tartibi:
Ish boshlandan avval bak, shlang va purkagich tozaligini, shuningdek, purkovchi uskunaning ishga tayyorligi tekshiriladi. So'ngra purkagichdan suv o'tish miqdori bir meyordaligi va bir gektarga sarflanadigan ishchi eritma miqdori me'yori aniqlanadi. Ishchi eritmani purkashda ishlov berilayotgan yuzaga ishchi suyuqlikning bir tekis taqsimlanishiga erishish lozim. Bakni yarmi suv bilan to'ldiriladi va preparatning aniq miqdori qo'shiladi. Ishchi eritma sarfi gektariga 400-500 litrga teng.
Preparat samaradorligi:
Fungtisid o'z muddatlarida sifatli qo'llanilganda, zararkunandalarning ekinlarga keltirgan zararini oldini olish hisobiga, fungitsid qo'llanilmagan maydonda nisbatan 35% gacha hosildorlik oshishi mumkin.
Xavfsizlik choralari:
Saqlash muddati: Qadoqlangan holida 2 yil.
Preparat 0°C dan yuqori va +30°C dan past bo'lgan haroratda pestitsidlarni saqlash uchun mo'ljallangan, quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Preparatni qo'llash va saqlash ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyaning nazoratidan tashqarida bo'lganligi sababli, mos bo'lmagan sharoitlarda saqlanishi va no'tog'ri qo'llashdan yuzaga keluvchi zararlarga ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya ma'sul emas.
Sarf Me'yori va qo'llash tartibi:
| Ekin Turi | Zararkunandalar | Sarf Me'yori l/ga | Qo'llash muddati | Terimgacha qo'llash muddati (kun) | Mavsumda necha marotaba qo'llanishi |
| Pomidor |
Fitoftoroz, alternarioz, septorioz, bakterial kuyish, kulrang chirish |
1.5-2.0 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 12 | 2 |
| Olma, Nok |
Bakterial kuyish, kalmaraz, monolioz |
2.5-3.0 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 12 | 2 |
| Uzum |
Kulrang chirish, mildyu, antraknoz |
2.5 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 12 | 2 |
| Shaftoli |
Barglarning buralishi, monolioz, klyasterosporioz |
2.0-2.5 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 12 | 2 |
| Piyoz |
Perenosporoz, bakterioz |
2.0-2.5 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 12 | 2 |
| Bodring |
Perenosporoz, bekterioz |
1.5-2.0 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 12 | 2 |
| Kartoshka |
Fitoftoroz, alternarioz |
1.5-2.0 | O'simliklarni o'suv davrida purkaladi | 12 | 2 |



