O‘zbekcha
Koruma TarimYangiMavjud

Boryspil ®

Umumiy tavsifi:

Boryspil 035 s.k -urug'larga ekish oldi ishlov berish uchun fungitsid, makkajo'xori, kungaboqar, va g'o'zaning qurib qolishini keltirib chiqaradigan urug' va tuproq orqali yuquvchi kasalliklarni nazorat qilish uchun qo'llaniladi, bunda foydali mikroorganizmlarga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Ta'sir etuvchi moddasi: Fludoioksonil 25g/L+Metalaksil M 10g/L

Preparat shakli: Suspensiya konsentrati.

Xavflilik darajasi: III –sinfiga oid (o'rtacha xavfli birikma).

Qadog'i: 0.5L

Kategoriya
O'simliklarni himoya qilish vositalari
Turi
Fungitsid
Ishlab chiqaruvchi
Koruma Tarim
Ekinlar
Pomidor, Bodring, Qalampir, Kartoshka, Lavlagi, Qulupnay, Makkajo‘xori, Paxta, Dukkaklilar
Yetishtirish
Issiqxona
Shtrix-kod
2900100027557
113 000 so‘m
AI’dan so‘rash

Yetkazib berish

  • Tezkor kuryer (Toshkent) · faqat Toshkent shahribugun · 35 000 so‘m
  • BTS — eshikkacha1–3 kun · 28 000 so‘m
  • EMU kuryer1–2 kun · 34 000 so‘m
  • Ombordan olib ketishkelishiladi · bepul

Tavsif

Umumiy tavsifi:

Boryspil 035 s.k -urug'larga ekish oldi ishlov berish uchun fungitsid, makkajo'xori, kungaboqar, va g'o'zaning qurib qolishini keltirib chiqaradigan urug' va tuproq orqali yuquvchi kasalliklarni nazorat qilish uchun qo'llaniladi, bunda foydali mikroorganizmlarga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Ta'sir etuvchi moddasi: Fludoioksonil 25g/L+Metalaksil M 10g/L

Preparat shakli: Suspensiya konsentrati.

Xavflilik darajasi: III –sinfiga oid (o'rtacha xavfli birikma).

Qadog'i: 0.5L

Qo'llanilishi:

Urug'larni dorilovchi uskunadan foydalangan holda, suv bilan suyultirilgan preparat qo'llaniladi. Vositaning kimoyoviy ta'sir davri 3-4 haftagacha.

Afzalliklari:

  • Uzoq muddat davomida o'z ta'sir kuchini saqlab qoladi (20 kungacha).
  • Fludioksonil kontaktli ta'siri tufayli o'simliklarni ildiz chirishidan himoya qiladi.
  • Metalaksil sistemali ta'siri tufayli o'simliklarni kulrang chirishdan himoya qiladi.
  • Havo harorati yuqori daraja bo'lganda ham zararkunandalarga qarshi ta'sirini davomiyligi kamaymaydi.
  • Yomg'ir yoqqanda ham yuvilib ketmaydi, quyosh nuri ta'sirida kam parchalanadi.
  • Sarf me'yori kam (saqlash va transportda tashishda tejamkorlik).
  • Kasalliklarga sistemali va kontaktli ta'sir ko'rsatadi.
  • Vosita foydali mikroorganizmlarga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Qo'llash muddati:

Preparat ekinlarning faol o'suv davrida zararkunandalar rivojlanishining boshlang'ich fazasida qo'llanilsa, yuqori samara beradi. Preparatni ekin turlariga qarab 2-4 marta 15 kun oralatib qo'llash mumkin. Vositadan ko'chatlarni o'stirishda, chirishga qarshi ishlatish mumkin.

Ta'sir qilish mexanizmi:

Fludoksonil qoldiq samarali ta'sir spektri keng kontaktli ta'sir etuvchi fungitsid hisoblanadi. Fludioksonil, askomisetlar, bazidiomisetlar sinfiga mansub va tuban zamburug'lar qo'zg'atuvchi muhitni kasalliklardan himoya qiladi. Bu vosita asal va tukli arilar uchun zaharli emas.

Ishchi eritmani tayyorlash tartibi:

Ish boshlandan avval bak, shlang va purkagich tozaligini, shuningdek, purkovchi uskunaning ishga tayyorligi tekshiriladi. So'ngra purkagichdan suv o'tish miqdori bir meyordaligi va bir gektarga sarflanadigan ishchi eritma miqdori me'yori aniqlanadi. Ishchi eritmani purkashda ishlov berilayotgan yuzaga ishchi suyuqlikning bir tekis taqsimlanishiga erishish lozim. Bakni yarmi suv bilan to'ldiriladi va preparatning aniq miqdori qo'shiladi. Ishchi eritma sarfi gektariga 400-500 litrga teng.

Preparat samaradorligi:

Fungitsid o'z muddatlarida sifatli qo'llanilganda, zararkunandalarning ekinlarga keltirgan zararini oldini olish hisobiga, insektitsid qo'llanilmagan maydonda nisbatan 35% gacha hosildorlik oshishi mumkin.

Xavfsizlik choralari:

Saqlash muddati: Qadoqlangan holida 2 yil.

Preparat 0°C dan yuqori va +30°C dan past bo'lgan haroratda pestitsidlarni saqlash uchun mo'ljallangan, quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Preparatni qo'llash va saqlash ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyaning nazoratidan tashqarida bo'lganligi sababli, mos bo'lmagan sharoitlarda saqlanishi va no'tog'ri qo'llashdan yuzaga keluvchi zararlarga ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya ma'sul emas.

Sarf Me'yori va qo'llash tartibi:

Ekin turi Kasalliklar

Sarf me'yori

l/tonn

Qo'llash muddati Terimgacha qo'llash muddati Mavsumda necha marotaba qo'llanilishi
G'o'za Alternarioz, Rizoktonioz, Ildiz chirish 1,5 Tukli chigitlarni 25-30L/tonna va mexanik tuksizlantirilgan chigitlarni 15-20L/tonna preparat suspenziyasi bilan dorilash 1 2
Makkajo'xori Fuzarioz ildiz chirish 1 - - 2
Bodring Fuzarioz chirish 10ml/4L suvga O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Qulupnay Fuzarioz chirish 10ml/4litr suvga O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Balgari Fuzarioz ildiz chirishi 10ml/4 litr suvga O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2
Pomidor Fuzarioz ildiz chirish, Rizoktonioz 10ml/4 litr suvga O'simliklarni o'suv davrida purkaladi 30 2

O‘xshash mahsulotlar