
Bifentraz ®
Umumiy tavsifi:
O'rgimchakkanaga qarshi kurashda qo'llaniladigan samarali akaritsid!
Shakli: suvli asosdagi Suspensiya konsentrati.
Ta’sir etuvchi moddasi: 240 g/L Bifenazat.
Xavfsizlilik darajasi: III – sinfiga oid (0'rtacha xavfli).
Qadog'i: 1L
- Kategoriya
- O'simliklarni himoya qilish vositalari
- Turi
- Insektitsid
- Ekinlar
- Pomidor, Bodring, Qalampir, Baqlajon, Qovun, Qovoq, Qulupnay, Olma, Sitrus, Gullar
- Yetishtirish
- Issiqxona, Ochiq dala
- Shtrix-kod
- 2900100027458
Yetkazib berish
- Tezkor kuryer (Toshkent) · faqat Toshkent shahribugun · 35 000 so‘m
- BTS — eshikkacha1–3 kun · 28 000 so‘m
- EMU kuryer1–2 kun · 34 000 so‘m
- Ombordan olib ketishkelishiladi · bepul
Tavsif
Umumiy tavsifi:
O'rgimchakkanaga qarshi kurashda qo'llaniladigan samarali akaritsid!
Shakli: suvli asosdagi Suspensiya konsentrati.
Ta’sir etuvchi moddasi: 240 g/L Bifenazat.
Xavfsizlilik darajasi: III – sinfiga oid (0'rtacha xavfli).
Qadog'i: 1L.
Qo'llanilishi:
G'o'za va sabzavotlarni zararkunandalardan uyg'unlashgan usulda himoya qilish dasturida kiritilgan zamonaviy akaritsid. Bog'larda va dala ekinlarida kanalarning barcha harakatchan fazalari (lichinka, nimfa va yetuk zot) larga qarshi qo'llaniladi. Preparatni ekin turlariga qarab 2-3 marta 10-15 kun oralatib qo'llash mumkin.
Afzalliklari:
- Bifenazat preparati foydali hasharotlar va yirtqich kanalar va asalarilarga zararsizdir.
- Preparat atrof muhitni ifloslantirmaydi va kanalarga chidamlilik hosil qilmaydi.
- Bog'larda va dala ekinlarida kanalarning barcha harakatchan fazalari (lichinka, nimfa va yetuk zot) larga yuqori samarali.
- Samaradorligini havo harorati yuqori bo'lganda ham yo'qotmaydi.
Ta'sir qilish mexanizmi:
Preparat qo’llanillganda o’simlikning barcha qismlariga bir hilda purkalish talab etiladi. Preparat kanalarga bevosita ta’sir etib qolmay, balki parlanish orqali ham ta’sir etadi. Preparat qo’llanishdan oldin qo’yilgan kana tuxumlaridan lichinkalarni chiqishida ham ta’sir etadi, uning samaradorligi joyning sharoitiga bog’liq holda 2-3 haftagacha davom etadi. Preparatning samaradorligini havo harorati yuqori bo’lganda ham yo’qotmaydi.
Boshqa preparatlar bilan qo'llanilishi:
Boshqa preparatlar bilan birgalikda qo’llash mumkin.
Ishchi eritmani tayyorlash tartibi:
Ish boshlanfan avval bak, shlang va purkagich tozaligini, shuningdek, purkovchi uskunaning ishga tayyorligi tekshiriladi. So'ngra purkagichdan suv o'tish miqdori bir meyordaligi va 1 gektarga sarflanadigan ishchi eritma miqdori me'yori aniqlanadi. Ishchi eritmani purkashda ishlov berilayotgan yuzaga ishchi suyuqlikning bir tekis taqsimlanishiga erishish lozim. Bakni yarmi suv bilan to'ldiriladi va preparatning aniq miqdori qo'shiladi. Ishchi eritma sarfi gektariga 400-500 litr ishlatiladi.
Preparat samaradorligi:
Insektitsid o'z muddatlarida sifatli qo'llanilganda, zararkunandalarning ekinlarga keltirgan zararini oldini olish hisobiga, gerbitsid qo'llanilmagan maydonda nisbatan 20-30% gacha hosil qo'shilishi mumkin.
Xavfsizlik choralari:
Saqlash muddati: Qadoqlangan holida 2 yil.
Preparat 0°C dan yuqori va +30°C dan past bo'lgan haroratda pestitsidlarni saqlash uchun mo'ljallangan, quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Preparatni qo'llash va saqlash ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyaning nazoratidan tashqarida bo'lganligi sababli, mos bo'lmagan sharoitlarda saqlanishi va no'tog'ri qo'llashdan yuzaga keluvchi zararlarga ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya ma'sul emas.
Sarf Me'yori va qo'llash tartibi:
| Ekin Turi | Zararkunandalar |
Sarf Me'yori l/ga |
Qo'llash muddati | Hosil yig'ishgacha qancha qolganda ishlov tugallanadi (kun) | Mavsumda necha marotaba qo'llanishi |
| Pomidor | O'rgimchakkana | 4-0.6 | O'simlikning o'suv davrida purkaladi | 20 | 2 |



