O‘zbekcha
BiobestYangiBuyurtma asosida

Tukli Arilar

Umumiy tavsifi:

Mazkur uya “Bombus Terrestris” turidagi tukli ari koloniyalaridan tashkil topgan. Iste’molchilarga yetkazib berilganda ishchi arilarning soni kamida 80 donani tashkil etadi. Changlatish muddati faolligi 6 haftadan 8 haftagacha davom etadi. Standart uyalar quyidagicha jihozlangan:

  • Ochiluvchi ventilatsion tizim
  • “Biogluc” ovqatlantirish tizimi
Kategoriya
Organik k/x
Turi
Zamonaviy Issiqxona
Ishlab chiqaruvchi
Biobest
Ekinlar
Pomidor, Qalampir, Baqlajon, Kabachok, Qulupnay, Gilos va olcha, Gullar
Yetishtirish
Issiqxona, Ochiq dala
Shtrix-kod
2900100028844
718 000 so‘m
AI’dan so‘rash

Yetkazib berish

  • Tezkor kuryer (Toshkent) · faqat Toshkent shahribugun · 35 000 so‘m
  • BTS — eshikkacha1–3 kun · 28 000 so‘m
  • EMU kuryer1–2 kun · 34 000 so‘m
  • Ombordan olib ketishkelishiladi · bepul

Tavsif

Umumiy tavsifi:

Mazkur uya “Bombus terrestris” turidagi tukli ari koloniyalaridan tashkil topgan. Iste’molchilarga yetkazib berilganda ishchi arilarning soni kamida 80 donani tashkil etadi. Changlatish muddati faolligi 6 haftadan 8 haftagacha davom etadi. Standart uyalar quyidagicha jihozlangan:

  • Ochiluvchi ventilatsion tizim
  • “Biogluc” ovqatlantirish tizimi

Afzalliklari:

  • Tukli arilarning qo’llanish ko’lami kengdir: ochiq dalada ham, issiqxonada ham, yaxshi samara ko’rsatadi;
  • Vibratsion changlatish: tukli arilar vibratsiya yordamida changlarni to’kib olish xususiyatiga ega;
  • Tukli arilar sovuq kunda ham faol: bu hashoratlarning endotermikligi ularga tana haroratini rostlashga imkon beradi;
  • Ular uchun quyoshli kun shart emas: tukli arilar bulutli kunda ham, ertalab va oqshom soatlari ham faol bo’ladi;
  • Tukli arilarga changchilarni samarali tashish xosdir: ular ko’proq miqdorda changchi tashib ko’proq gullarni changlata oladilar;
  • Ularda jamoaga vafodorlik tabiati yuqoriroq hisoblanadi: tukli arilar o’z uyalari atrofida uchib uzoqdagi boshqa ekinlarga uchib ketmaydilar;
  • Meva ta’mining mazali bo’lishi;
  • Meva rangining tiniqligi;
  • Ertaroq hosildorlik;
  • 10-25 % gacha yuqori hosildorlik;
  • Eksportbop meva (import qilishda ko’plab davlatlarda gormonga ta’qiqning mavjudligi);
  • Mevalar bir maromda kattalashishi;
  • Tabiiy changlanish natijasida gormonal stressning bo’lmasligi;
  • Ishchi kuchini tejash;
  • Eng muhimi gullarni o’z vaqtida to’liq changlanishi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun Biobest tukli arilardan foydalanish yo'riqnomasidan foydalaning.

O‘xshash mahsulotlar